Sulsherda muammo paydo bo‘ldi

"Manchester Yunayted" chap qanot himoyachisi Lyuk Shouning jarohati kutilganidan ko‘ra jiddiyroq bo‘lib chiqdi.

Angliyalik futbolchi Angliya chempionati doirasida "Kristal Pelas"ga qarshi o‘yinda jarohat olganidan so‘ng zaxiraga olingan edi.

Chuqurlashtirilgan tekshiruvda Shouning to‘piq payi shikastlangani aniqlandi. Ta’kidlanishicha, himoyachi Evropa Ligasi pley-off bahslarida "Manchester Yunayted"ga yordam bera olmaydi.

The Telegraph nashri angliyalik futbolchi yangi mavsum boshigacha jarohatidan forig‘ bo‘lishi haqida ma’lumot bermoqda.

Joriy mavsumda MYu libosida barcha turnirlarda 33 ta o‘yinda maydonga tushgan Shou bitta gol muallifi bo‘ldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!