
Sulsherning o‘rniga uch nomzod
“Manchester Yunayted” klubiga egalik qiluvchi Gleyzerlar oilasi tez orada Ule-Gunnar Sulsherni iste’foga chiqarib, uning o‘rniga boshqa mutaxassisni taklif etishi mumkin.
Ma’lumotlarga qaraganda, jamoaga bosh murabbiylikka munosib uch nafar nomzod bor. Ulardan birinchisi – Antonio Konte “Inter”dan ketganidan beri ishsiz yuribdi. U “Manchester Yunayted”ni qabul qilib olishga tayyor va Gleyzerlardan taklif kutyapti.
Ikkinchi variant “Real”ni topshirganidan keyin ish topmagan Zinedin Zidandir. Frantsiyalik mutaxassis o‘z mamlakati terma jamoasini boshqarishni orzu qilyapti. Lekin federatsiyadan unga qo‘ng‘iroq bo‘lgani yo‘q. Shu bois, Zidan Angliyaga jo‘nab ketishi mumkin.
Gleyzerlar oilasi Brendan Rojersga ham ish taklif qilishi ehtimoldan holi emas. MYuning amerikalik xo‘jayinlari “Lester”ni kuchli klublar qatorida olib yurgan Rojersning muxlisi hisoblanadi.
Fikrlar