
Sulsherning qarori qat’iy: Ikki yulduz transferga qo‘yiladi
“Manchester Yunayted” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida ikki yulduzini transferga qo‘yadigan bo‘ldi.
Ma’lumotlarga qaraganda, jamoa darvozasini o‘n yildan beri qo‘riqlab kelayotgan va keyingi paytda qo‘pol xatolari uchun tanqid ostida qolgan ispaniyalik darvozabon David de Xea va klubning asosiy to‘purariga aylana olmagan frantsiyalik hujumchi Antoni Marsyal mavsum yakunlanishi bilan jamoadan ketishi kerak.
Bundan tashqari, Sulsher jamoa darvozabonlari – David de Xea va Din Xenderson o‘rtasidagi raqobat jamoa ichki muhitiga salbiy ta’sir qilayotganidan xavotirda ekanini bildirgandi. Shuningdek, “Manchester Yunayted” rahbariyati “Milan” posboni Janluiji Donnarumma bilan kelishuvga erishilgani haqida xabarlar tarqatmoqda.
Fikrlar