Sulsherning shogirdiga "sovchi" chiqdi

  • 24.09.2020 12:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Premer liga debyutanti “Lids” o‘z tarkibini yanada kuchaytirish uchun “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Daniel Jeymsni olib kelmoqchi.

“Lids” bu futbolchini bir yilga ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Agar “Manchester Yunayted” transfer bozori yopilguniga qadar boshqa yarim himoyachini olib keladigan bo‘lsa, “Lids” Jeymsni to‘liq sotib olishga harakat qiladi.

22 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda premer-ligada 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini uch marotaba aniq nishonga oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!