
Sun’iy intellekt "Manchester Yunayted" tarixidagi eng yaxshi tarkibini tuzib chiqdi
Sun’iy intellekt "Manchester Yunayted" tarixidagi eng yaxshi tarkibni tuzib chiqdi. Bu haqda The Mirror nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, tarkibga quyidagi 11 nafar futbolchi kiritilgan:
Darvozabon: Peter Shmeyxel;
Himoyachilar: Denis Irvin, Nemanya Vidich, Rio Ferdinand, Gari Nevill;
Yarim himoyachilar: Roy Kin, Pol Skoulz, Bobbi Charlton, Jorj Best;
Hujumchilar: Erik Kantona, Krishtianu Ronaldu
Eslatib o‘tamiz, "Manchester Yunayted" klubi 1878 yilda tashkil topgan. “Qizil iblislar” o‘z tarixlarida 20 marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari, mankunianliklar Chempionlar ligasida 3 ta, mamlakat kubogida 12 ta g‘alabaga erishgan.
Jamoa bu mavsum hozircha APLda uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar