
Super bokschi va MMA jangchisi o‘zaro jang qilishi mumkin
Og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Deontey Uaylder va UFC sobiq chempioni Frensis Ngannu bu yil boks va aralash yakkakurashlarni birlashtirgan qoidalar bo‘yicha jang o‘tkazishi mumkin. Bu haqda PFL prezidenti Donn Devis xabar qildi.
"Menimcha, Uaylder va Ngannu to‘qnashuvi barchani qiziqtiradi, biroq bunday jangning formatini jamoatchilikka tushuntirish kerak va u to‘liq sport turiga aylanadi" – dedi Devis.
Eslatib o‘tamiz, Frensis oxirgi jangida Renan Ferreyrani 1-raunddayoq nokaut qilgan, Uaylder esa 5-raundda texnik nokaut evaziga Chjan Chjileydan mag‘lubiyatga uchragandi.
Fikrlar