
Super transferga tayyorgarlik. “Real” va “Barsa” bir futbolchini talashmoqda
Bu yilgi transfer bozori yopilganidan keyin, Evropaning grand klublari kelasi mavsum oldi-sotdilari uchun nomzodlar uchun raqobatni boshlab yubordi.
Xususan, Ispaniya chempionati grandlari – “Real” va “Barselona” universal himoyachi David Alabani talashmoqda. “Bavariya” tarkibida barcha sovrinlarni qo‘lga kiritib bo‘lgan avstriyalik futbolchi kelasi yozda jamoasini o‘zgartirmoqchi. Chunki, myunxenliklar yangi shartnoma bo‘yicha himoyachi so‘rayotgan 25 million evro miqdoridagi yillik maoshni to‘lashni istamayapti.
Alaba yanvar oyidan boshlab, boshqa klublar bilan muzokara o‘tkazish huquqiga ega. Ayni kuchga to‘lgan bu futbolchiga “Chelsi” va “Yuventus” ham ko‘z tikmoqda.
Fikrlar