Superhimoyachi “Chelsi” va “Liverpul”ga rad javobini berdi, u faqat bitta klubga o‘tadi

  • 18.04.2026 12:57
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premer-ligasidaning qudratli klublaridan “Liverpul” va “Chelsi” A Seriya peshqadami “Inter” himoyachisi Alessandro Bastoni oʻyinidan hayratda, biroq uning transferini amalga oshirishning imkonini topa olmayaptiyu

Italiyalik himoyachi “Inter”dan ketsa faqat bir klub – “Barselona”ga oʻtishi mumkinligini taʼkidlmoqda.

Bu haqida TEAMtalk nashri xabar berdi.

Manba maʼlumotiga koʻra, milanliklar ham 27 yoshli futbolchini jamoada saqlab qolishga intilmoqda, biroq yangi shartnoma boʻyicha muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangan.

Hozirgi vaqtda “Barselona” himoyani kuchaytirish uchun yangi ijrochilarni olish boʻyicha  faol ish olib bormoqda. Kataloniyaliklarning asosiy nishoni Bastoni hisoblanadi. Ular qimmatbaho oʻyinchini olishning turli variantlarini oʻrganib chiqyapti.

Joriy mavsumda Bastoni barcha musobaqalarda 37 ta oʻyinda qatnashdi va ularda ikki ta gol hamda olti ta golli uzatma qayd etdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yil yozigacha moʻljallangan. Transfermarkt portali maʼlumotlariga koʻra, futbolchining bozor qiymati 70 million yevroga teng.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!