Superhujumchi Evropaning o‘rniga Xitoyga ketadi

  • 21 noyabr, 2016, 10:11
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Boka Xuniors" jamoasi hujumchisi Karlos Teves faoliyatini Xitoyda davom ettirishga yaqin turibdi. 

O‘z vaqtida Angliya va Italiya chempionatlarida porlagan argentinalik futbolchi Evropaga qaytishni istamayapti va Xitoy klublaridan birining taklifini qabul qilishga yaqin turibdi. Chunki nomi sir tutilayotgan klub Tevesga yiliga 40 million evro miqdorida maosh to‘lamoqchi. 

Aslida 32-yoshli Teves yaqinda futbolchilik faoliyatini tugatish haqida bosh qotirayotganini aytgan edi. Uning "Boka Xuniors" jamoasi bilan tuzgan shartnomasi 2018 yili yozda yakunlanadi. 

Karlos Teves faoliyati davomida "Korintians", "Vest Xem Yunayted", "Manchester Yunayted", "Manchester Siti", "Yuventus" jamoalarida to‘p surgan. Argentina terma jamoasida 70 dan ziyod uchrashuvda maydonga tushgan. 

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!