Superklub “Real” yulduzi uchun “arzimagan” pul taklif qildi

  • 5 mart, 15:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy mavsum yakunlanganidan keyin “Real”ni tark etishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilar orasida Orelen Tchuameni ham bor.

Tecno

Bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan bu futbolchi keyingi paytda ko‘p tanqid qilinmoqda. Shunga qaramay, frantsiyalik legionarning xaridorlari ko‘p.

Frantsiyaning amaldagi chempioni “Pari Sen-Jermen” Tchuamenini o‘z tarkibiga qo‘shib olish bo‘yicha amaliy harakatlarni boshladi. Parijliklar 25 yoshli yarim himoyachi uchun “Real”ga 45 million evro taklif qildi. Bundan tashqari, futbolchining natijalari va ishtirokiga qarab, turli bonuslar ham ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Garchi Orelen Tchuameni “Qirollik klubi”dagi faoliyati davomida ishonchni kutilgan darajada oqlay olmagan bo‘lsa-da, PSJ taklif qilgan summa madridliklarni qoniqtirmasligi mumkin.

Yozda 100 million evroga baholangan Tchuamening narxi ayni paytda 80 million evroga tushgan. Parijliklar esa, uni yarim narxiga olmoqchi bo‘lyapti.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!