
Superklub Ronaldu sotib olishga qaror qildi!
“Chelsi”ning yangi xo‘jayini Todd Bouli portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronalduni o‘z jamoasida ko‘rmoqchi.
Garchi “Manchester Yunayted” asosiy to‘purarini sotmasligini e’lon qilgan bo‘lsa-da, “aristokratlar” Ronaldu ularning safiga qo‘shilishiga ishonmoqda. Ular Krishtianu Chempionlar ligasida ishtirok etish imkoniga ega bo‘lish uchun ham bu transferga rozi bo‘lishini ta’kidlashmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Chelsi”ni sotib olgan Todd Bouli Ronalduning manfaatlarini himoya qilayotgan agent Jorje Mendesh bilan uchrashgan va ularning suhbatida asosiy mavzu Ronalduning Londonga ko‘chib o‘tish masalasi bo‘lgan.
Ronaldu bungacha 15 yil davomida usluksiz Chempionlar ligasida ishtirok etgan. Agar 37 yoshli futbolchi manchesterliklar safida qolsa, bu seriya to‘xtaydi.
Fikrlar