Superkompyuter Angliyada qaysi jamoa chempion bo‘lishini aniqladi

  • 22 sentabr, 2021, 12:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

CIES Football Observatory tadqiqot markazi xodimlari superkompyuter yordamida Angliya premer-ligasining joriy mavsumida qaysi jamoa birinchi o‘rinni egallashini hisoblab chiqdi.

Tecno

Bunga kompyuterga klub futbolchilarining tajribasi, transferlari, sarf-xarajatlari, tarkibi haqida ma’lumotlar kiritildi. Bu ma’lumotlarni tahlil qilib chiqqan sun’iy intellekt bu mavsumda yana “Manchester Siti” g‘olib bo‘lishini bashorat qildi.

Kuchli uchlikdan Krishtianu Ronaldu kelib, qudrati oshgan “Manchester Yunayted” va “Liverpul” joy oladi. Chempionlar ligasining to‘rtinchi yo‘llanmasi “Chelsi”ga nasib qiladi.

Shuningdek, superkompyuter mavsum oxirida ligani “Norvich”, “Uotford” va  “Nyukasl” tark etishini bashorat qilmoqda.

Demak, mavsum oxirida tadqiqotlar natijasi hayotga qanchalar mos kelishini bilib olamiz. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!