Superkompyuter APLda kim chempion bo‘lishini tahmin qildi

  • 29.12.2025 00:19
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Opta superkompyuteri "Arsenal" 2025/26-yilgi mavsumda APLda g‘olib chiqishini tahmin qildi.

Ayni damda, Mikel Arteta jamoasi 18 turda 42 ochko jamg‘arib, turnir jadvalidа birinchi o‘rinni egalab turibdi. Ikkinchi o‘rinda 40 ochko to‘plagan "Manchester Siti" bormoqda. Uchinchi pog‘onadan 39 ochko jamg‘argan "Aston Villa" joy olgan.

Opta superkompyuteri mavsumning qolgan qismida 10 mingta simulyatsiya o‘tkazdi va 65,63 foizida "Arsenal" g‘olib bo‘ldi.

"Man Siti"ning chempionlik ehtimoli 26,32%, "Aston Villa" - 7,33%, "Liverpul" - 0,65%, "Chelsi" - 0,05, MYu va "Brentford" - 0,01% deb baholangan.

Qolgan jamoalarda birinchi o‘rin uchun imkoniyat yo‘q, deb hisobladi Opta.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!