Superkompyuter EChL gʻolibligi uchun jamoalar imkoniyatini baholadi

  • 13.03.2026 17:12
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Opta Sports superkompyuterlari 1/8 finalning dastlabki oʻyinlaridan soʻng Chempionlar ligasida qolgan jamoalarning turnirda gʻalaba qozonish imkoniyatlarini qayta hisoblab chiqdi. "Real" "Manchester Siti" ustidan ishonchli gʻalabaga erishganiga qaramay, reytingning 5-pogʻonasidan joy oldi.

Opta nashri EChL da jamoalarning chempion boʻlish foizlarini taxmin qildi. 

Turnirning asosiy favoriti sifatida  Angliyaning "Arsenal" jamoasi koʻrilmoqda. Kataloniyaning "Barselona" klubi esa kuchli uchlikdan oʻrin egallagan. Jamoalarning chempionlik foizi quyidagicha belgilandi:

1."Arsenal" – 28%.

2. "Bavariya" – 22%.

3. "Barselona" – 11%.

4. PSJ – 10%.

5. "Real Madrid" – 8%.

6. "Atletiko Madrid" – 6%.

7. "Liverpul" – 5%.

8. "Nyukasl" – 2%.

9."Manchester Siti" – 2%.

10."Budyo-Glimt" – 2%.

11. "Bayer Leverkuzen"– 2%.

12. "Galatasaray" – 1%.

13. "Chelsi" – 1%.

14. "Sporting" – 1%.

15."Tottenxem" – 1%.

16."Atalanta" – 1%. 

Eslatib oʻtamiz, EChL nimchorak final bahslaridan oʻrin olgan bir qator dastlabki uchrashuvlari boʻlib oʻtdi. Javob uchrashuvlari esa 17-18 mart kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Narziev Elbek

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!