Superkompyuter Jahon chempionatida kim g‘alaba qozonishni tahmin qildi
"Opta" platformasining superkompyuteri Jahon chempionati ishtirokchilarining turnirda g‘alaba qozonish imkoniyatlarini hisob-kitob qildi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, asosiy favorit Ispaniya terma jamoasi hisoblanmoqda. Luis De la Fuente shogirdlarining mundialda g‘alaba qozonish ehtimoli 17 foizga baholanmoqda. Chempionlik uchun keyingi da’vogar Frantsiya (14,1 foiz), undan keyingi o‘rinni esa Angliya (11,8 foiz) terma jamoasi egallab turibdi.
Jahon chempionatining eng kuchsiz jamoalari Iordaniya, Kyurasao va Gaiti terma jamoalari hisoblanadi. Superkompyuter ularning turnirda g‘alaba qozonishini mutlaq imkonsiz deb baholamoqda.
Eslatib o‘tamiz, 5 dekabr kuni JCh ga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tgandi.



Fikrlar