
Superliga. Keskin va shiddatli o‘tgan uchrashuvda "Paxtakor" safarda "Navbahor" ustidan g‘alaba qozondi
Superliga 16-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Paxtakor" bahsi o‘z nihoyasiga etdi. Uchrashuv 1:2 hisobida mehmonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
"Yil o‘yini" belgingan vaqtdan biroz kechroq boshlandi. 30-daqiqada "Paxtakor" himoyachisi Hojiakbar Alijonovning uzatmasidan so‘ng Dragan Cheran boshi aniq zarba berib, hisobni ochdi. Birinchi bo‘limning so‘ngi daqiqalarida "Navbahor" ikkinchi qavatda yana yutqazib qo‘ydi. Burchakdan amalga oshirilgan to‘pni Muhammadqodir Hamraliev boshi bilan darvozaga yo‘llab, oradagi farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi.
Ikkinchi bo‘limning ilk daqiqalarida "sherlar"da talay imkoniyatlar bo‘ldi, biroq ular foydalana olmadi. 68-daqiqada Toma Tabatadze raqib posbonidan qaytgan to‘pni darvozaga aniq yo‘llab, hisobni qisqartidi. Keyinchalik jamoalarda yana vaziyatlar bo‘ldi, biroq darvozalar boshqa ishg‘ol qilinmadi.
Shu tariqa, "lochinlar" o‘z uyida ham amaldagi chempionga mag‘lub bo‘ldi.
Uchrashuvdagi gollar va xavfli vaziyatlarning Matnli translyatsiyasini shu erda kuzatib borishingiz mumkin!
Fikrlar