Superliga. 2-turda eng ko‘p muxlis Toshkentda, eng kami ham poytaxtda
Mazkur turdan o‘rin olgan 7 bellashuvni tomosha qilish uchun stadionlarga jami 61 996 nafar muxlis tashrif buyurdi. Bu o‘rtacha har bir o‘yinga 8,8 ming nafardan tomoshabin deganidir.
Bu tur eng ko‘p muxlis "Paxtakor" markaziy stadioniga keldi. "Bunyodkor" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi poytaxt derbisini (1:2) 18770 nafar tomoshabin bevosita stadiondan turib kuzatib bordi.

"Lokomotiv" - "Navbahor" (1:0) qarama-qarshiligi esa turning eng kam tomoshabin to‘plagan uchrashuvi bo‘ldi - 4118.
"Bunyodkor" - "Paxtakor" (1:2). 18770 tomoshabin

"Nasaf" - "So‘g‘diyona" (3:1). 11232 tomoshabin
"Surxon" - "Dinamo" (1:0). 9214 tomoshabin
"Qizilqum" - AGMK (3:1). 7833 tomoshabin
"Qo‘qon-1912" - "Andijon (0:0). 6651 tomoshabin

"Metallurg" - "Buxoro" (2:0). 4178 tomoshabin
"Lokomotiv" - "Navbahor" (1:0). 4118 tomoshabin.


Fikrlar