Superliga. 2-turdagi eng yaxshi futbolchilar kimlar?

  • 12 mart, 2022, 08:57
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

9 mart kuni Superliganing 2-turiga start berilgandi, 11 mart sanasida tur doirasidagi oxirgi o‘yinlar ham yakuniga etdi.

Har bir uchrashuvdan keyin o‘yinning eng yaxshi futbolchilari aniqlanib boradi. Bu borada O‘zPFL matbuot xizmati doimiy ravishda e’lon qilib keladi. Demak, 2-tur uchrashuvlarida eng yaxshisi bo‘lgan o‘yinchilar bilan tanishing:

“Qo‘qon-1912” – “Olimpik” – 1:0

Eng yaxshi futbolchi: Javohir Sidiqov (“Qo‘qon-1912”)

“Nasaf” – “Metallurg” – 1:1

Eng yaxshi futbolchi: Abror Toshqo‘ziev (“Metallurg”)

“Paxtakor” – “Neftchi” – 1:0

Eng yaxshi futbolchi: Akbar To‘raev (“Neftchi”)

“Surxon” – “Navbahor” – 1:2

Eng yaxshi futbolchi: Azim Ahmedov (“Navbahor”)

“Qizilqum” – “Bunyodkor” – 3:1

Eng yaxshi futbolchi: Temurxo‘ja Abduxoliqov (“Qizilqum”)

“Lokomotiv” – AGMK – 2:1

Eng yaxshi futbolchi: Sanjar Qodirqulov ("Lokomotiv")

“So‘g‘diyona” – “Dinamo” – 1:0

Eng yaxshi futbolchi: Shoxruz Norxonov ("So‘g‘diyona")

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!