Superliga-2020 1-tur uchrashuvlari tahlili bo‘yicha hakamlar va OAV vakillari ishtirokida seminar o‘tkaziladi

  • 28.02.2020 13:48
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan hakamlarning malakasini oshirish bo‘yicha muntazam ravishda qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, o‘tgan mavsum davomida Superliga va Pro-ligada tur o‘yinlari yakunlangach, O‘FA Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi tomonidan hakamlar uchun maxsus seminar tashkil qilinib, o‘yinlar davomida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar tahlil qilib borildi. Ushbu an’ana kuni kecha start olgan yangi mavsumda ham davom ettiriladi.

Superliga-2020 1-tur uchrashuvlari tahlili amalga oshiriladigan joriy yilgi ilk seminar dushanba, 2 mart kuni soat 14:00da O‘FA majlislar zalida tashkil qilinadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Seminarda barcha turdagi OAV vakillari ham ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ботиржон Исраилов
28/02/2020 16:10
Қачонгача халқни алдайсизлар, қани ҳаққонийлик? Қани шаффофлик? Қуруқ бонг уришдан кимга наф...
&
fc.navbahor
28/02/2020 14:25
Xech nimani ozgartirmaydigan seminar 8 tasi chiqvolip sudya b.n paxtani tarafini oladi chunki jaxonda xakamlarimz oboyiga putur etadi ayniqsa tantashevga
&
Muhriddin
28/02/2020 14:15
Har kuni seminar qilsayam foydasi bu hakamlarga