Superliga. 2023 yilda transfer narxi eng ko‘p ko‘tarilgan futbolchilar ro‘yxati (foto)

Taniqli "Transfermarkt" nashri futbolchilarning yangilangan narxini ma’lum qilganidan xabaringiz bor. SPORTS.uz sayti sizga joriy yil Superligada narxi eng ko‘p ko‘tarilgan futbolchilar ro‘yxatini taqdim etadi. 

Unga ko‘ra, birinchi pog‘onada "Navbahor" vakili Oston O‘runov qayd etilgan. Uning joriy narxi 800 ming evroni tashkil etadi, bu avvalgi narxdan 300 ming evroga ko‘p degani.

Ikkinchi o‘rindan "Surxon" to‘purari Silvanus Nimeli joy olgan. Uning narxi 200 ming evroga qimmatlashgan bo‘lib, 600 ming evroga baholangan. 

Kuchli uchlikka OKMK futbolchisi Xurshid G‘iyosov yakun yasagan. Transfer narxi 150 ming evroga oshgan yarim himoyachini portal 900 ming evroga baholamoqda. 

Quyida to‘liq jadval bilan tanishish imkoniga egasiz!

oston

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!