Superliga. 2026 yildgi mavsumdagi ilk uchrashuv prevyusi
Ertaga "Qo‘qon-1912" jamoasi Superliganing 1-turida "Buxoro"ga qarshi maydonga tushadi. Jamoalar shu kunga qadar chempionat bahslarida jami 36 ta uchrashuvda to‘qnash kelishgan.
O‘zaro uchrashuvlarning 13 tasida qo‘qonliklar g‘alaba qozongan. "Buxoro" jamoasi esa 18 tasida zafar quchgan. Yana 5 ta bahsda jamoalar durang o‘ynashgan. To‘plar nisbati 58-45 buxoroliklar foydasiga.
Buxorolilar 59 ochkoni qo‘lga kiritishgan. “Qo‘qon-1912” ochkosi 43 tani tashkil etadi. "Buxoro"ga qarshi uchrashuvni Shavkat Nasibullaev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.
Eslatib o‘tamiz, ertangi "Buxoro" - "Qo‘qon-1912" o‘rtasidagi bahs 18:00 da "Buxoro FA" stadionida boshlanadi.
Fikrlar