
Superliga. AGMK "Qo‘qon-1912"ni mag‘lub etdi, "Andijon" Namanganda "Navbahor"dan ustun keldi
Hozirgina O‘zbekiston Superligasi 12-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin o‘z nihoyasiga etdi. AGMK o‘z maydonida "Qo‘qon-1912"ni qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alab qozondi. Namanganda "Navbahor" mehmoni bo‘lgan "Andijon" so‘nggi daqiqadagi gol evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng AGMK hisobidagi ochkolar soni 25 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Hisobida 15 ochkosi bor "Qo‘qon-1912" esa jadvalning 7-pog‘onasidan joy olgan.
O‘z tarixida birinchi marta Namanganda g‘alaba qozongan "Andijon" esa 7 ochko bilan 14-o‘rinni egallab turibdi. "Burgutlar" esa 14 ochko bilan 10-pog‘onani band etgan.
Fikrlar