
Superliga. AGMK so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga 3 ochkoni "Andijon"dan ilib ketdi
O‘zbekiston Superligasi 24-turidan o‘rin olgan AGMK - "Andijon" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mezbonlar 3:2 hisobida zafar quchdi.
Dastlab, "burgutlar" Muhammadkarim Toirov hamda Pavel Zabelin tomonidan kiritilgan gollar evaziga hisobda oldinga o‘tib oldi. Bularga Olmaliq klubi vakillari Martin Boakening dubli va Shohrux Gadoevning 90+4-daqiqada urgan goli bilan javob qaytardi hamda g‘alabani ilib ketdi.
Shu tariqa, Qosimov shogirdlari ochkolari sonini 46 taga etkazib olgan holda, 2-o‘ringa ko‘tarildi. 13-pog‘onadagi "Andijon" hisobida 19 ochko bor.
Fikrlar