Superliga. "Andijon" safarda "Xorazm"ni yirik hisobda taslim etdi
- Bilolbek Imomov
- Izohlar: 0
- Futbol
Superliganing 11-turida "Andijon" klubi safarda "Xorazm" bilan bahs olib borib, 3:0 hisobida muvaffaqiyatga erishdi va muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvning 15-daqiqasida Alexandre Andronikashvili chiroyli zarba bilan hisobni ochishga erishdi. Oradan 5 daqiqa o‘tib esa Humoyunmirzo Iminov farqni 2 taga yetkazdi. Shuningdek, 90+3-daqiqada Dragan Cheran mehmonlar darvozasini ishg‘ol qildi.
Ma’lumot o‘rnida, "burgitlar" ushbu g‘alabasi orqali ochkolar sonini 16 taga yetkazib olib, 7-o‘ringa ko‘tarildi. "Xorazm" esa 13 ochko bilan 10-o‘rinda qoldi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q