Superliga. Bir kishi kam bo‘lib qolgan "Surxon" "Metallurg" ustidan g‘alaba qozondi

  • 19.06.2024 23:12
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Superliganing 12-turiga start berildi. "Surxon" "Metallurg"ga qarshi maydonga tushib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Dastlab, bekobodliklar hisobni ochgan bo‘lsa, birinchi taym so‘nggida Abdurahmonov qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Uchrashuv tugashiga sanoqlik daqiqalar qolganida Abdusalomov dubl qildi. 

Shu tariqa, "Surxon" ettinchi, "Metallurg" esa so‘nggi pog‘onada turibdi. Quyida mazkur uchrashuvdan fotogalereyani tomosha qiling!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!