Superliga. Bugun "Neftchi", "Patakor" va "Nasaf" ishtirokidagi o'yinlar bor!
Bugundan Superliga 21-turi start oladi. Kun doirasida 3 ta bellashuv bo‘lib o‘tadi.
Dastlabki o‘yin Olmaliqda bo‘lib o‘tadi. OKMK jamoasi o‘z uyida "Paxtakor"ni mehmon qiladi. Uchrashuv 18:30da start oladi.
Navbatdagi qarama-qarshilik Farg‘onada "Neftchi" va "Surxon" o‘rtasida kechadi. Bu o‘yin 19:00 da boshlanishi belgilangan.
So‘nggi uchrashuv Qarshida kechadi. Mahalliy "Nasaf" klubi "Markaziy"da "Bunyodkor" bilan to‘qnashadi. Bahs 20:00da start oladi.


Fikrlar