Superliga. Bugun tur va mavsum o‘z nihoyasiga etdi
Bugun Superliganing 2025 yilgi mavsumi o‘z nihoyasiga etadi.
30-tur doirasida o‘rin olgan ilk 3 to‘qnashuv kecha bo‘lib o‘tdi. "Nasaf" o‘z uyida "Dinamo" bilan (0:0), "Paxtakor" esa safarda "Navbahor" bilan durang o‘ynadi (1:1). Gollarga boy kechgan bahsda "Qizilqum" "Sho‘rtan" bilan 3:3 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Bugun esa tur doirasidagi 5 uchrashuv bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Eslatib o‘tamiz, barcha bellashuvlar soat 15:00’da start oladi.
"Xorazm" - "Neftchi"
"Buxoro" - "Surxon"
"Qo‘qon-1912" - "So‘g‘diyona"
OKMK - "Mash’al"
"Bunyodkor" - "Andijon"
Mazkur o‘yinlar yakunlanishi bilan Superliganing bu mavsumi ham yakunlanadi.
Fikrlar