Superliga. Bugun turning ikki markaziy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi!
Bugun Superliganing 3-turi ham start oladi va 3 ta uchrashuv bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Dastlab, muxlislar Vodiy derbisi guvohi bo‘lishadi. Islombek Ismoilov boshqaruvidagi "Neftchi" o‘z maydonida "Andijon"ni qabul qiladi.
O‘tgan turda "burgutlar"ni mag‘lub etgan "Qizilqum" bu gal safarda "Mash’al" bilan kuch sinashadi.
Turning yana bir markaziy bahsi esa Toshkentda "Paxtakor" stadionida bo‘lib o‘tadi. Kamoliddin Tojiev boshchiligidagi "sherlar" o‘z uyida Timur Kapadzening "Navbahor"ini qabul qiladi.
Eslatib o‘tamiz, bellashuvlar esa 19:00, 19:45 hamda 20:00’larda boshlanadi.

Fikrlar