
Superliga. Bugun Vodiy va Toshkent viloyati derbisi o‘tkaziladi (foto)
Bugun Superligada 19-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Mazkur sanada muxlislar ikki qarama-qarshilik guvohi bo‘ladi.
Andijonda "vodiy derbisi" bo‘lib o‘tadi. Unda "Andijon" va "Navbahor" kuch sinashadi. Uchrashuv 18:00 da start oladi. O‘yinni "Dunyo bo‘ylab" telekanali jonli efirda namoyish etadi.
Yana bir o‘yin Olmaliqda o‘tkaziladi. Unda OKMK "Metallurg"ni mehmon qiladi. Bu bellashuv 18:00 da boshlanadi. Bahs "Nurafshon TV" telekanalida efirga uzatiladi.
Fikrlar