
Superliga. “Bunyodkor” – “Metallurg” o‘yini Olmaliqda bo‘lib o‘tadi
Davlat test imtihonlari “Bunyodkor” stadioniga tutash hududda ham o‘tkazilayotganidan kelib chiqib, abiturientlarga halal bermaslik maqsadida Coca-Cola Superliga 15-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” — “Metallurg” uchrashuviga OKMK sport majmuasi mezbonlik qiladi. Bu haqda O‘zPFL rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Mazkur shaharda 15 avgust kuni AGMK klubi ham “Nasaf”ga qarshi uchrashuv o‘tkazishi, ketma-ket ikki kun davomidagi o‘yinlar maydon sifatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkinlini inobatga olib, “Bunyodkor” — “Metallurg” uchrashuvi 14 avgust sanasida emas, balki 13 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Klublarning U-21 jamoalari ishtirokidagi bellashuv 12 avgust kuni “Bunyodkor” futbol akademiyasida tashkil etiladi.
Fikrlar