
Superliga. "Bunyodkor" o‘z uyida OKMKni qabul qilib, minimal hisobda muvaffaqiyatga erishdi
Superliganing 7-turidan o‘rin olgan uchrashuv o‘z nihoyasiga etdi.
Turning markaziy bellashuvlaridan biri hisoblangan bahsda "Bunyodkor" OKMK bilan kuch sinashib, 1:0 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritdi. Yagona golni esa 25-daqiqada burchak zarbasidan uzatilgan to‘pni Temurxo‘ja Abduxoliqov boshi bilan zarba yo‘llab, o‘z hisobiga golni yozdirib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, "qaldirg‘ochlar" ushbu g‘alaba orqali ochkolar sonini 15 taga etkazib olib, 2-o‘rindagi "konchilar" bilan oradagi farqni 1 tagacha qisqartirdi. Turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan "Nasaf"da esa 17 ochko mavjud.
Fikrlar