
Superliga. "Buxoro" - "Bunyodkor" o‘yini Toshkentda bo‘lib o‘tadi
"Buxoro" shahridagi stadion mavsumga o‘z vaqtida tayyor bo‘lmagach, "Buxoro" klubi o‘z raqiblarini Toshkentdagi "Jar" stadionida qabul qilishga majbur bo‘lmoqda.
Qayd etish kerak, "Jar" stadionidan, shuningdek, "Paxtakor" futbol klubi ham foydalanib kelmoqda. Endilikda "Olimpiada—2028" yo‘lida tashkil etilgan "Olimpik Mobiuz" jamoasi ham Proliga o‘yinlarini "Jar" stadionida o‘tkazish istagini bildirdi hamda stadion bilan imzolangan shartnomani Ligaga taqdim etdi. Assotsiatsiya va Liga kelishuvi bo‘yicha, Proliga aprel oyida start olishi, "Buxoro" klubi esa unga qadar o‘z shahriga qaytishi lozim edi. Biroq fevralda bo‘lgani kabi, Buxorodagi stadion mart yakuniga qadar ham tayyor bo‘lmasligi oydinlashdi.
Shundan kelib chiqib, "Buxoro" 4 aprel kuniga reja qilingan Superliga 4-turi doirasidagi "Bunyodkor" klubiga qarshi bellashuvni raqibi maydonida o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Fikrlar