Superliga. Dragan Cheran – birinchi davraning eng zo‘ri!

  • 23 iyul, 2021, 14:46
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" yarim himoyachisi Dragan Cheran "Instat" indeksi bo‘yicha Superligada birinchi davraning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.  Futbolchilarning umumiy harakatlaridan kelib chiqqan ballar bo‘yicha Dragan eng yaxshi ko‘rsatkich qayd etdi. 

Tecno

Jami ko‘rsatkichlar bo‘yicha kuchli beshlik quyidagicha ko‘rinish oldi:

Dragan Cheran - 262
Avaz O‘lmasaliev - 253
Sardor Sobirxo‘jaev - 252
Anzur Ismoilov - 244
Farruh Sayfiev - 243

Cheran, Sobirxo‘jaev va Temurxo‘ja Abduxoliqov 10tadan golli imkoniyat yaratgan holda bu borada peshqadamga aylanishdi. Shuningdek, Cheran darvozaga eng ko‘p yo‘llangan aniq zarba mavjud - 13ta. Temurxo‘ja Abduxoliqov 10 bor, Sanjar Tursunov esa 9 marta aniq zarba yo‘llagan.

To‘pni sheriklariga eng ko‘p etkazib berishda Sobirxo‘jaev 554 uzatma bilan etakchi bo‘lgan (90 foiz aniqlik). Anzur Ismoilov 511 (93%) va Stanislav Andreev 460 (76%) esa keyingi pog‘onada joylashgan.

Muhim uzatmalar borasida Sobirxo‘jaev, Sayfiev va Sherzod Nasrullaev 7tadan shunday harakat bilan eng yaxshi futbolchilarga aylangan.

Krosslar bo‘yicha Aleksandr Merzlyakov (13), Sherzod Nasrullaev (10) va Akram Komilov (10) kuchli uchlikda joylashgan. Raqibni eng ko‘p aldab o‘tish borasida Doniyor Abdumannopov (28), Jasur Jaloliddinov (23) va Dragan Cheran (22) peshqadamlar safida turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!