Asosiy mazmunga oʻtish

Superliga. Gollarga boy o‘tgan bahsda "Navbahor" "Qizilqum" ustidan g‘alaba qozondi

Jahongir Inomjonov
Izohlar: 0

Namanganliklar zafar quchdi

Superliganing 25-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" - "Navbahor" qarama-qarshiligi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur bahsda mehmonlar yirik 1:5 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Dastlab, birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalarida Iskanderov penaltidan unumli foydalangan holda "Navbahor"ni oldinga olib chiqdi. 57-daqiqada Siyavash Xaqnazari hisobni 0:2 ko‘rinishiga keltirgan bo‘lsa, Bobomurod Bozorovning 62-daqiqadagi goli oradagi farqni qisqartirdi. Yovan Jokich (69'), Toma Tabatadzening (87') va Saidazamat Mirsaidovlarning (90+4') gollari mehmonlarning g‘alabasini mustahkamladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q