
Superliga klublari bosh murabbiylari chempionatning markazlashgan holda davom ettirilishiga qanday qaramoqda?
Xabaringiz bor, kecha Coca Cola Superligasi uchrashuvlari markazlashgan holda o‘tkazilishi haqida rasman e’lon qilindi. Superliga klublari bosh murabbiylari esa bu borada o‘z fikr-mulohazalarini bildirmoqda.
Hamidjon Aktamov, “Qizilqum” klubi bosh menejeri:
– Hozirgi sharoitda Superliga uchrashuvlarini markazlashgan holda o‘tkazish – O‘FA va PFL qabul qilgan to‘g‘ri qaror, deb o‘ylayman. Buyog‘iga musobaqani to‘xtatmaslik kerak. Baribir, muxlislar uchrashuvlarni televizor orqali ko‘radi. Shu bois, o‘yinlarni markazlashgan holda o‘tkazish to‘g‘ri bo‘ladi.
Ro‘ziqul Berdiev, “Nasaf” klubi bosh murabbiyi:
– Jamoalar hozirgi holatni hisobga olgan holda shunday qarorga kelishdi. Bu esa barchaga ma’qul bo‘ldi.
Baxtiyor Ashurmatov, “Qo‘qon-1912” klubi bosh murabbiyi:
– Superliganing markazlashgan holda, Toshkentda o‘tkazilishi hozirgi vaziyatda qabul qilingan eng to‘g‘ri qaror, deb hisoblayman. Chempionat o‘yinlarining davom ettirilishi, ham O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun, ham Timur Kapadze boshchiligidagi yoshlar jamoamiz uchun juda muhim edi. Shu sababli to‘g‘ri qaror qabul qilindi, deya olaman.
Fikrlar