
Superliga. “Mash’al”ni mag‘lub etgan “Nasaf” 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi
Hozirgina O‘zbekiston Superligasi 8-turidan o‘rin olgan “Nasaf” hamda “Mash’al” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi. Qarshidagi “Markaziy” stadionda kechgan uchrashuvda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
17-daqiqada burchak to‘pidan so‘ng muborakliklar jarima maydonida sarosima boshlandi va yuzaga kelgan pala-partishlikdan so‘ng G‘olib G‘aybullaev ajoyib tarzda foydalanib, hisobni ochdi. Bahs so‘nggiga qadar mazkur hisob o‘zgarishsiz qoldi va qarshiliklar viloyat derbisida muhim bo‘lgan 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng Ro‘ziqul Berdiev shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 23 taga etdi va jamoa qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga “So‘g‘diyona”ni ortda qoldirib, 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Hisobida 9 ochkosi bo‘lgan “Mash’al” esa jadvalning 11-pog‘onasini egallab turibdi.
Fikrlar
БИЗНИНГ ФУТБОЛГА ҲОЗИР ҲЕЧ БЎЛМАСА ШУНАҚА КУЛИБЛАР МИҚИЁСИДАГИ ЧЕМПИОНЛИКЛАР ЖУДА КЕРАК ВА ЗАРУР. ЭҲТИМОЛ ШУНДА ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОНГА ҲАМ ФУТБОЛ КЕРАК ЭКАНЛИГИНИ РАҲБАРИЯТ ТУШИНИБ ЕТАР. ЎФА ВА ЮҚОРИДАГИЛАР. ХОЗИР ФУТБОЛИМИЗ ЎЛГАН ВА ЧЎКИБ ҚОЛГАН ВАҚТИ. БУНАҚА ШАРМАНДАЛИ ҲОЛАТГА МЕНИМЧА ЛИВАНДА ОФК КУБУГИДА ЯПОНИЯГА 1:8 ГА ЮТҚИРГАНИМИЗДА ТУШГАН БЎЛСАК КЕРАК, ЯНА БИЛМАДИМ. ЎШАНДАН КИЙЕН ФУТБОЛИМИЗ ҚАЙТА ОЁҚҚА ТУРГАН ВА ФИФИ РЕТИНГИДА 45- ПОҒОНАЛАРГАЧА КЎТАРИЛГАНМИЗ. ЭҲТИМОЛ НАСАФ ОФК КУБИГИДА ЗАФАР ҚУЧСА БИЗГА ЯНА ФУТБОЛ ҚАЙТАР ДЕГАН ЎЙ ВА ҲАЁЛЛАР ИЛА ЁЗМОҚДАМАН ДЎСТ...