Superliga. "Metallurg" - "Nasaf": Yubiley o‘yinda kim g‘alaba qozonadi? (Prevyu)

  • 11 avgust, 2022, 13:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasining 15-turida “Metallurg” o‘z maydonida Qarshining “Nasaf” jamoasini qabul qiladi. Bu mazkur jamoalar o‘rtasidagi yubiley – 50-uchrashuv bo‘ladi.

Tecno

Bugungacha jamoalar 49 marta kuch sinashgan. Shulardan 30 tasida qarshiliklar g‘alaba qozongan, 12 uchrashuvda “Metallurg” raqibini taslim etgan. 7 ta o‘yinda kuchlar teng kelgan.

To‘plar nisbati “Nasaf” foydasiga - 80:39. Jamoalarning birinchi davrada Qarshida kechgan o‘yinida 1:1 hisobidagi durang qayd etilgandi. 80-daqiqada Husayn Norchaev hisobni ochgan bo‘lsa, 90-daqiqada Abrorbek Toshqo‘ziev aniq zarbasi bilan javob golini kiritgandi.

“Nasaf”ning Bekobod klubi ustidan qozongan yirik g‘alabasi – 7:0 (2004) ga teng. “Metallurg” esa ushbu raqibini 3:0 (2002) hisobida mag‘lub eta olgan.

Bekobodda bo‘lib o‘tgan so‘nggi beshta uchrashuv:

23.06.2021 "Metallurg" – "Nasaf" 2:1
26.10.2020 "Metallurg" – "Nasaf" 0:2
23.06.2019 "Metallurg" – "Nasaf" 0:1
12.06.2018 "Metallurg" – "Nasaf" 2:2
26.05.2017 "Metallurg" – "Nasaf" 1:0

 

Manba: "Metallurg" PFK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!