Superliga. "Metallurg" - "Paxtakor": Bekobodliklar oxirgi marta "sherlar"ni 7 yil oldin mag‘lub etgan (prevyu)
Superliga 4-tur o‘yinida "Paxtakor" 2 aprel kuni Bekobodga safar qiladi. U erda amaldagi chempionlarni "Metallurg"ga qarshi bahs kutib turibdi.
Chempionatlar doirasida mazkur klublar 52 bor to‘qnash kelgan. "Sherlar" 44 bellashuvda zafar quchgan, 4 o‘yinda "Metallurg" g‘olib chiqqan. 4 uchrashuvda jamoalar durang o‘ynashgan. “Paxtakor” 137 gol urib, "Metallurg" esa 38 to‘p kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
Bekobod jamoasining o‘zaro o‘yinlardagi so‘nggi g‘alabasi 2016 yilgi mavsumda kuzatilib, o‘z maydonida 2:0 hisobida yutuqqa erishgan. O‘zaro bahslarda eng yirik g‘alaba, ya’ni 6:0 natijasi "Paxtakor"ga tegishli. 2003 va 2006 yillarda "sherlar" raqibni shunday natijalar bilan dog‘da qoldirgan.
Bekobodda o‘tgan uchrashuvlarning 20 tasida "Paxtakor" g‘alaba qozongan, ikki bellashuv durang bilan tugagan bo‘lsa, 4 ta to‘qnashuvda "Metallurg" ustun kelgan.
"Metallurg" va "Paxtakor" o‘rtasidagi uchrashuv 2 aprel, yakshanba kuni "Metallurg" stadionida soat 17:00 da boshlanadi.

Fikrlar