Superliga. “Nasaf” – “Surxon” Samarqandda, “So‘gdiyona” – “Paxtakor” uchrashuvi Toshkentda o‘tkaziladi
Superliga 4-turi doirasidagi “Nasaf” – “Surxon” uchrashuvi Samarqand shahridagi Dinamo stadionida bo‘lib o‘tadi. Bu haqida O‘zPFL o‘z rasmiy sahifasida ma’lum qildi.
Xabaringiz bor, “Nasaf” uy uchrashuvlarini G‘uzordagi Markaziy stadionida o‘tkazib kelaotgandi. Ammo, G‘uzor shahridagi Markaziy stadioni hozirda Superliga uchrashuvlarini o‘tkazish uchun talab darajasida emas. Shu bois, “Nasaf” klubi Superliga 4-turidagi uch uchrashuvini o‘tkazish uchun Dinamo stadioni bilan shartnoma imzolab, Ligani xabardor qilgan. Uchrashuv taqvim bo‘yicha 20 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, Jizzaxning “So‘gdiёна” klubi “Paxtakor”ga qarshi 4-tur bahsini Toshkentda Paxtakor stadionida o‘tkazishni so‘rab Ligaga rasmiy so‘rov yuborgan. Ma’lumot uchun, Jizzaxning “So‘gdiёна” klubi uy uchrashuvlarini Zomindagi stadionda o‘tkazishni rejalashtirgan edi. Ammo, hozir stadionda uchrashuvlarni Superliga o‘yinlarini o‘tkazish uchun talab darajasiga keltirish maqsadida amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bois, “So‘gdiёна” - “Paxtakor” bahsi taqvimda avval belgilanganidek sanada, 20 mart kuni o‘tkaziladi. Uchrashuvda “So‘gdiёна” klubi rasm an mezbon maqomida harakat qiladi. Shuningdek, jamoalarning ikkinchi davradagi uchrashuvi ham taqvim bo‘yicha Paxtakor stadionida o‘tkaziladi va unga Paxtakor taqvimda belgilanganidek mezbonlik qiladi.

Fikrlar