
Superliga. "Nasaf" - "Bunyodkor" bahsida kuchlar teng keldi
Superliganing 9-turidan o‘rin olgan bahslar davom ettirildi.
Turning navbatdagi bellashuvida "Nasaf" o‘z maydonida "Bunyodkor"ni qabul qildi va jamoalar kuchi teng keldi - 2:2.
Dastlab, 23-daqiqada Oybek Bozorovning ajoyib uzatmasidan so‘ng Rubin Xebay golga aylantirdi. 78-daqiqada esa biroz avval maydonga tushgan Nosirjon Abdusalomov oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. Oradan 5 daqiqa o‘tib esa Oybek Bozorov mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi.
Bahsga qo‘shib berilgan 90+1 daqiqada standart vaziyatdan unumli foydalangan Marko Bugarin kuchlarni tenglashtirib qo‘ydi.
- O'zbekiston - Superliga
- Joriy Mavsum

Nasaf
- Rubin Hebaj 23'
- Oybek Bozorov 83'
Tugadi
2
:
2
10.05.2025 19:00

Bunyodkor
- Nosirzhon Abdusalomov 78'
- Marko Bugarin 90'
Fikrlar