Superliga. "Nasaf" oxirgi 5 o‘yinning atigi bittasida "Dinamo"ni mag‘lub eta olgan (prevyu)

  • 6 avgust, 2022, 16:14
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertaga Superliganing 1-davradagi qoldirilgan 11-turida Samarqandning "Dinamo" jamoasi Qarshining "Nasaf" klubi bilan bellashadi. Uchrashuv 7 avgust kuni Samarqand shahridagi "Dinamo" o‘yingohida 19:00 da start oladi.

Tecno

Ushbu jamoalar shu vaqtgacha 40 bor kuch sinashgan. Shulardan 20 bellashuvda "ajdarlar" g‘alaba qozongan. 12 uchrashuvda durang qayd etilgan.

8 bahsda "arslonlar"ning qo‘li baland kelgan. To‘plar nisbatidagi yaqqol ustunlik qarshiliklar tomonida - 57:38.

Jamoalar so‘ngi bor 2019 yilning 30 noyabr kuni Qarshida kuch sinashgan va yakunda samarqandliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozongan.

E’tiboringizga jamoalarning oxirgi besh uchrashuvi natijalarini havola qilamiz:

30.11.2019. "Nasaf" - "Dinamo" | 1:2
09.03.2019. "Dinamo" - "Nasaf" | 1:1
20.10.2017. "Nasaf" - "Dinamo" | 3:0
13.05.2017. "Dinamo" - "Nasaf" | 1:1
31.10.2015. "Dinamo" - "Nasaf" | 1:1

 

Manba: "Nasaf" PFK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!