Superliga. "Neftchi" - "Lokomotiv" uchrashuvidan fotogalereya!

  • 21.03.2026 10:46
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Superliganing 4-turida Islombek Ismoilov boshqaruvidagi "Neftchi" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni qabul qilib, 3:1 hisobida mag‘lub etdi. 
 
Dastlab, to‘qnashuvning 11-daqiqasida Ibrohimhalil Yo‘ldoshev o‘zining supergoli orqali o‘yindagi hisobni ochdi. 36-daqiqaga kelib esa far‘g‘onaliklar mavsumdagi ilk golini o‘tkazdi.

Temurxo‘ja Abduxoliqov 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalanib, oradagi farqni yo‘qqa chiqazgan edi. Biroq, 65-daqiqada Stipe Perica, 89-daqiqada esa Alisher Odilov o‘z nomlarini tabloda yozdirib qo‘yib, yo‘lbarslarning g‘alabasini ta’minladi.

Quyida bellashuvdan olingan fotolavhalarni tomosha qiling!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!