Superliga. "Neftchi" bir kishi kam bo‘lib qolgan "Nasaf"ni mag‘lub etdi
Jahongir Inomjonov
Mezbonlar g‘alaba qozondi
Superliganing 25-turi davom etdi.
Navbatdagi bahsda "Neftchi" va "Nasaf" jamoalari to‘qnash keldi (2:0).
Birinchi bo‘limning 15-daqiqasida Murodbek Raxmatov qizil kartochka bilan jazolandi va mehmonlar bir kishi kam bo‘lib qoldi.
Bellashuvdagi gollar 58-daqiqada Bilolxon Toshmirzaev va 90+5-daqiqada Husain Norchaev tomonidan kiritildi.
Shu tariqa, "Neftchi" navbatdagi 3 ochkoni qo‘lga kiritdi va turnir jadvalining 5-pog‘onasiga ko‘tarilib oldi.


Izohlar (0)