
Superliga. OKMK o‘z maydonida "Bunyodkor"ni tor-mor etdi
Superliganing 22-turi doirasidagi bahslar davom etmoqda.
Navbatdagi bellashuvda OKMK o‘z maydonida "Bunyodkor"ni qabul qildi va yirik 5:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Gollar: Xurshid G‘iyosov 41, 64 (1:0), Najmiddin Normurodov, 48 (1:1), Nodirbek Abdurazzoqov, 57 (2:1), Ruben Sanchez, 76 pen (4:1), Avazbek O‘lmasaliev, 83 (5:1).
Shu tariqa, "konchilar" hisobidagi ochkolar soni 40 taga etdi va hozircha turnir jadvalining uchinchi pog‘onasida bormoqda.
Fikrlar