Superliga. OKMK safarda kambek amalga oshirib, "Qo‘qon-1912"ni mag‘lub etdi
Superliganing 9-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - OKMK bellashuvi yakuniga etdi.
Mazkur to‘qnashuvda olmaliqliklar kambek amalga oshirgan holda 1:3 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Dastlab, Avazbek O‘lmasaliev 38-daqiqada o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘limning 73-daqiqasida esa O‘lmasaliev o‘z xatosini to‘g‘riladi va oradagi farqni yo‘qqa chiqardi.
Asadbek Sobirjonov 81-daqiqada raqib himoyachisining xatosidan unumli foydalangan holda jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Sobirjonovning o‘zi 87-daqiqada oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi - 1:3.
Shu tariqa, OKMK navbatdagi 3 ochkoni qo‘lga kiritdi va hisobidagi ochkolar sonini 21taga etkazib qo‘ydi.
Fikrlar