Superliga. Ortda qolgan tur o‘yinlaridan olingan eng sara suratlar orqali ishlangan fotomaqola
O‘zbekiston Superligasi joriy mavsum shiddatli tarzda boshlandi. Chempionlik uchun kurash olib borishi kutilayotgan jamoalar soni odatdagidan ko‘proq bo‘lishi kutilmoqda. Biz ana shunday yuqori tempda kechayotgan to‘qnashuvlardan olingan eng sara suratlardan tayyorlangan fotomaqolani e’tiboringizga havola etamiz.

AGMK futbolchilari joriy mavsum Superliganing ilk golini nishonlamoqda

Qulay vaziyatga chiqqan Qodirqulov to‘pni Ergashevning ustidan oshirib darvozaga kiritdi

"Loko" himoyasida tartib o‘rnatish uchun olib kelingan Bardanka o‘z ishini bajara boshladi. Ammo hali natija ko‘ngildagidek emas...

Portugaliyalik mutaxassis ancha o‘ychan holatda. O‘zbek futboliga xush kelibsiz, janob Sekeyra!

"Navbahor" - "So‘g‘diyona" uchrashuvi ancha qizg‘in kurashlar ostida kechdi

Bosh hakam futbolchilarni nazorat qilishda katta qiyinchilikka duch keldi

Futbolchilarning g‘alaba uchun ishtiyoqi juda yuqori darajada bo‘ldi

To‘p uchun kurash va ajoyib "parvoz"!

Mag‘lub bo‘lgan Ivan Solovev holatiga havas qilib bo‘lmaydi

Hayriyat, Shohnazar Norbekovning oyog‘i darvozabonga tegmadi

Keyinchalik, himoyachilar Norbekovni shu ko‘rinishda qo‘riqladi

Bu o‘sha mashhur Islom Ismoilov. Bu paytda u keyinchalik juda mashhur bo‘lib ketishini bilmagan bo‘lsa ajab emas

"Bunyodkor" - "Mash’al" uchrashuvida To‘xtasinov mana shunday harakatlari bilan raqibga tinim bermadi

Shukurullaevning "parvozi"

Aleksandr Xomyakovning bu mavsumdagi debyuti ko‘ngildagidek chiqmadi

2-turdan o‘rin olgan "Nasaf" - AGMK yuqori tempda kechdi. Buni futbolchilarning harakatlaridan ham bilish qiyin emas

Bir surat, ikki xil hissiyot. Norchaev hisobni ochgan vaziyatda fotomuxbir bu lahzani kadrga muhrladi

Shohmalik Komilovning nigohi va har tomon sochilayotgan terlariga e’tibor qarating

Gol o‘tkazib yuborgan Abduvohid Ne’matov...

Darvozabonga bosim uyushtirishni Derdiyokdan o‘rganing!

Shukurullaev bu safar ham ajoyib "parvoz" namoyish etdi

"Sherlar" o‘z maydonidagi ilk g‘alabani muxlislar bilan nishonladi

Superligamizning eng tajribali darvozaboni nafaqat darvozada, balki maydonda ham ancha narsaga qodir

"Qo‘qon-1912" - "Qizilqum" uchrashuvida mana shunday qurilmadan foydalanildi. Balki bu translyatsiya sifatini yaxshilash uchun amalga oshirilgandia, biroq bu taqiqlangan

O‘zbek futbolining ikki tajribali himoyachisi

Balandroq "parvoz" qilish uchun Temurxo‘jadan foydalangan Kasminin

Bu esa Vladislav raqib darvozasini ishg‘ol etgan vaziyat. Cheksiz hissiyotlar!

Kasmininning jamoasiga pand berib qo‘ygandagi ahvoli. Albatta, unga havas qilib bo‘lmaydi

"Sunset"...

Azizbek Turg‘unboev "Paxtakor"dagi debyut golini urdi

To‘pni o‘ziga bo‘ysundirish bo‘yicha Erkinovdan ajoyib master-klass

"Navbahor" - "Nasaf" uchrashuvi muxlislar tomonidan shunday qabul qilinishi kutilgan edi

Ushbu bahsda futbolchilar "Cristiano Airways"ning o‘zbekcha variantini namoyish etdi

Hoshimov va Stanoevich ikkinchi qavatdagi kurashda

So‘nggi o‘yinlarda Aliqulovdan mana shunday "parvoz"lar ko‘rishga o‘rganib qoldik

Exsoni Panshanbeni G‘aybullaev tomosha qilmoqda

"Kim oladiyo, shuginaniyo"

"Ajdarlar"ning "lochinlar"ga qarshi bellashuvidan odatiy foto

Izoh sizdan...
Fikrlar