Superliga. "Paxtakor" - "Andijon": O‘zaro uchrashuvlardagi ustunlik bir tomonda!

  • 13.04.2025 15:24
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Superliganing 5-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvlardan biri "Paxtakor" va "Andijon" jamoalari o‘rtasidagi bahs bugun bo‘lib o‘tadi.

Bu ikki klub o‘zaro jami 56 ta o‘yinda maydonga tushgan. Ushbu to‘qnashuvlarda ustunlik Toshkent jamoasida. Ular hisobida 41 ta g‘alaba bor, andijonliklarda esa yutug‘lar soni 6 ta tashkil qiladi. To‘qqizta bellashuvda esa klublar murosa yo‘lini tanlashgan. 

Ayni paytda "sherlar"  4-turdan so‘ng 3 ochko to‘plab, turnir jadvalining 14-pog‘onasida bormoqda.  "Burgutlar"da esa 6 ochko mavjud, ular jadvalning 8-o‘rinini band qilishgan. Ushbu bellashuv  18:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!