Superliga. "Paxtakor" - "Olimpik" o‘yini "Jar" o‘yingohida bo‘ladi

“Paxtakor” stadioni atrofida davlat test imtihonlari davom etayotgani va mazkur holat klubga muammo tug‘dirayotganidan kelib chiqib, O‘zbekiston Superligasi 16-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” - “Olimpik” uchrashuvi “Jar” stadionida bo‘lib o‘tadi. 

Tomonlarning 1-davradagi uchrashuviga “Paxtakor” stadioni mezbonlik qilgan bo‘lib, uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etilgandi.

Ma’lumot o‘rnida, "Paxtakor" ayni payt 30 ochko bilan jadvalning 3-o‘rinida ketmoqda. "Olimpik" 18 ochko to‘plagan holda, 7-pog‘onani band etgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!