
Superliga qaytmoqda! Bugun 20-turga start beriladi
O‘zbekiston Superligasi qaytmoqda! 29 sentyardan e’tiboran ichki chempionatimizda 20-tur uchrashuvlari boshlanadi.
Tur doirasidagi ilk bellashuv Navoiyda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Unda "Qizilqum" o‘z maydonida "Metallurg"ni qabul qiladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 18:30 da start oladi.
Mazkur bahs oldidan mezbonlar 32 ochko bilan to‘rtinchi, bekobodliklar 23 ochko bilan sakkizinchi o‘rinni band etib turibdi.
Fikrlar