
Superliga. Samarqanddagi markaziy bahsda jangovar durang natija qayd etildi
Superliganing 15-turidan o‘rin olgan "Dinamo" - "Nasaf" klublari ishtirokidagi bellashuv o‘z nihoyasiga etdi.
Samarqandning "Dinamo" klubi o‘z uyida "Nasaf"ni qabul qilib, 2:2 hisobida durang o‘ynadi.
Dastlab uchrashuvning 16-daqiqasida Alibek Davronov hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan 10 daqiqa o‘tib esa Anvarjon Hojimirzaev oradagi farqni yo‘qqa chiqazib, hisobni tenglashtirdi. Shuningdek, birinchi bo‘limning qo‘shib berilgan daqiqalarida Marko Stanoevich penaltidan gol urib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limning 85-daqiqasida esa Akmal Mazgovoy hisobni tenglashtirib, jamoasiga 1 ochkoni taqdim etdi.
Ushbu uchrashuvdan so‘ng samarqandliklar ochkolar sonini 29 taga etkazib olib, 2-o‘rinni mustahkamladi. "Ajdarlar" esa 33 ochko to‘plab, "Dinamo" bilan oradagi 4 ochkolik farqni saqlab qoldi.
- O'zbekiston - Superliga
- Joriy Mavsum

Dinamo
- Anvar Khozhimirzaev 26'
- Marko Stanojević 45'
06.07.2025 20:00

Nasaf
- Jakhongir Urozov 16'
- Akmal Mozgovoy 85'
Fikrlar